Get Mystery Box with random crypto!

#Gʻazal Ko‘nglung istar yorlar... Ko‘nglung istar yorlar bir | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

#Gʻazal
Ko‘nglung istar yorlar...

Ko‘nglung istar yorlar birla hamisha shod bo‘l,
Mendin-u kimdinki, ko‘ngling istamas, ozod bo‘l.

Garchi sabrim uyi yanglig‘, aylading vayron meni,
Doimo, yo Rabki, husning mulkidek obod bo‘l.

Men chekib anduh o‘lay, el joni bo‘lsun ul Masih,
Sovrul, ey charxi nigun, vey dahri dun barbod bo‘l.

Bevafolar zulm-u bedodig‘a ermassin harif,
Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gar po‘lod bo‘l.

Tuttum o‘lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l.

Chekma boshkim, emin ermassen xazon yag‘mosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo‘l.

Ey Navoiy, olam ahlig‘a chu yo‘q ermish vafo,
Kel-u mundin nari bekaslik bila mo‘tod bo‘l.

Fotolavha joylash: @Bsherobot
Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga ulaning