Get Mystery Box with random crypto!

Qishda terlab ishlaydi, Boshqa mahal qishlaydi (Pechka) Tunuk | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal qishlaydi
(Pechka)

Tunukani chertadi,
Kesaklarni kertadi.
Biroz shoxlik qilgach u,
Yerga singib ketadi.
(Dol)

Qish chogi kapalaklar,
Uchib yurar osmonda.
Qiziq, yoqolib qolar,
Asvaltga qongan onda.
(Qorparcha)

Yungi igna,
Burni tugma.
Kozi munchoq,
Bagri yumshoq.
(Tipratikan)

Orkach-orkach tuyalar,
Bir biriga suyalar.
Qimir etmas yil, asr,
Bagrida xazina, sir.
(Toglar)

Oyna emas jimirlar,
Tek turolmas, qimirlar.
(Soylar)

Qat-qat qatlama,
Aqling bolsa tashlama.
(Kitob)

Tikuvchiga ortoq ozi,
Bittagina jajji kozi.
(Igna)

Yoz, kuz boyi chirqillab,
Don tashiydi pirillab
(Chumchuq)

Aytsalar oyim bizga,
Uyqu keladi kozga.
(Alla)

Na boshi bor, na tani,
Na joni, na vatani.
Eshitsa biror ovoz,
Javob qaytarar shovvoz.
(Aks-sado)

Oq sandigim ochildi,
Olamga nur sochildi.
(Quyosh)

Dum-dumaloq barkash non,
Kok yuzida suzadi.
(Oy)

Tinmay oqisang agar,
Kop narsani orgatar.
Bilsang uka, oylab top,
Bilim koni u – …..
(Kitob)

Ikki ajib qulogi bor,
Biri tinglar, biri sozlar.
(Telefon)

Rangi har xil,
Nomi bir xil.
(Qalam)

Suvdan bolgan, qotsa
Qani suvga botsa.
(Muz)

“Chiq-chiq” der yoq toxtovi,
Vaqtning aniq olchovi.
(Soat)

Toping-chi uning nomin,
Sichqonning berar dodin.
(Mushuk)

Osar kokka boy chozib,
Qulochday bargin yozib.
Xipcha bel, zarrin soqol,
Tishlari zich, dur misol.
(Makkajohori)

Oqmas suvda ozingni kor.
(Kozgu)

Kichkina dekcha-
Ichi tola mixcha.
(Anor)

Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bolar oziq.
(Sabzi)

Pishsa bemaza,
Pishmasa maza.
(Bodring)

Dum-dumaloq boyi bor,
Palovda obroyi bor.
(Behi)

Bir onadan yuz bola,
Yuzovi ham boz bola.
(Uzum)

Toni silliq, tuki yoq,
Ichi qizil, koki yoq.
(Tarvuz)

Yomgirdan song chiqadi,
Chotir qalpoq kiyadi.
Quyoshni yoqtirmaydi,
Shamolni chaqirmaydi.
(Qoziqorin)

Ajib ishlar boladi,
Uxlaganlar koradi.
(Tush)

Chopsa chopilmas,
Bolsa bolinmas.
Kessa kesilmas,
Komsa komilmas.
(Soya)

Tort ortoq bor: zor ishi –
Odam, olm tashvishi.
Har biri xursand etar,
Izma-iz kelib ketar.
(Yil fasllari)

Loy va jundan tanasi,
Xovlimizda xonasi.
Yemishi olov, xamir,
Beradi shirmoy, patir.
(Tandir)

Palak ostida
Yotar talay tosh.
Uni pishirsang,
Bolar shirin osh.
(Kartoshka)

Oq samanim osmonga chopar,
Yagrinlari quyoshni yopar.
(Bulut)

Tunda korib, chog deysan,
Tongda korib, yoq deysan.
(Yulduz)

Gul emas-u, boglangan qilib dasta,
Yerni gulga aylantirar birpasda.
(Supurgi)

Oxshar qovun-tarvuzga,
Sip-silliq kiygan toni.
Ichi olov zar rangda,
Pishirib yeysan uni.
(Qovoq)

Toyib bor, kishnamaydi,
Yozning kuni ishlamaydi.
(Chana)

Kichkina mitti,
Qolimga olsam,
Qovurg`asi sinib ketdi.
(Chumoli)

Qorday oppoq,
Yungday yumshoq.
(Paxta)
#topishmoq
@bolalar_sherlari