Get Mystery Box with random crypto!

PAXTA Chanoqlarda Oppoq paxta Kulib turar, Qanday baxt-a! Erk | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

PAXTA

Chanoqlarda
Oppoq paxta
Kulib turar,
Qanday baxt-a!
Erkalanib
Tebranadi,
Yal-yal yonib
Tovlanadi.
- Rahmat senga,
Aziz dehqon.
Uyding bizdan
Ulkan xirmon.
Mehnatingdan
Oltin bo'ldik,
Chanoqlarga
Lim-lim to'ldik.
@bolalar_sherlari kanali