Get Mystery Box with random crypto!

Hashorotlar haqida topishmoqlar Kichkina mitti, Shoxini tirab | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Hashorotlar haqida topishmoqlar

Kichkina mitti,
Shoxini tirab suv ichdi.
(Ari)

Zuv-zuv borar,
Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir,
G‘alvir to‘qir.
(Ari)

Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.
(Ipak qurti)

Bir qushim bor, suyagi yo‘q.(Kapalak)

Qanoti bor,
Qoni yo‘q.
Tuxum qo‘yar,
Soni yo‘q.
(Kapalak)

O‘zi yo‘qdek,
Tovushi o‘qdek
(Qora chigirtka)

O‘tirishi tulkiday,
O‘t yeyishi yilqiday.
(Chigirtka)

O‘zi qora, qanotli,
Shoxlari bor, tirnoqli.
(Qo‘ng‘iz)

Qora o‘zi, qarg‘a emas,
Shoxlari bor, ho‘kiz emas,
Olti oyoq, tuyoqsiz,
Uchadi, chig‘illaydi,
O‘tirib yer kovlaydi.
(Qo‘ng‘iz)

Bir otim bor ajabgina,
Dumlari bor gajakkina,
Hali kelsa ko‘rarsiz,
Qo‘rqa-qo‘rqa o‘larsiz.
(Chayon)

O‘zlari ajabgina,
Quyroqlari gajakkina,
Hali o‘psa ko‘rasan,
Yig‘lay-yig‘lay o‘lasan.
(Chayon)

Beli-beli belang ot,
Beli nozik kurang ot.
Toqqa minsa toymas ot,
O‘lat teksa o‘lmas ot.
(Chumoli)

Yo‘l ustida go‘ja qaynar
(Chumoli)

Mingta qo‘yim sig‘adi,
Bir bog‘ bedam sig‘maydi.
(Chumoli uyasi)

U yoqqa boradi,
Bu yoqqa boradi,
Bo‘z to‘qiydi.
(O‘rgimchak)

To‘r bilan o‘rab olgan,
Pashshaga zanjir solgan.
(O‘rgimchak)

Kichkina-mitti,
Qo‘limga olsam,
Qovurg‘asi sinib ketdi.
(Chivin)

Is biladi, it emas,
O‘zi kichik, bit emas,
Odamni ko‘p talaydi,
Qon ichib, u to‘ymas
(Kana)

Soy ichida saksonboy.
(Burga)

To‘qay ichida to‘ng‘iz.
(Bit)

Chel tagida qurbaqa.
(Bit)

#topishmoq

Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning