Get Mystery Box with random crypto!

SVETAFOR Men agarda yonsam qizil, Yo'lda aslo qilmang hazil. | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

SVETAFOR

Men agarda yonsam qizil,
Yo'lda aslo qilmang hazil.
Taqqa to'xtang, shosha ko'rmang,
Joyingizdan aslo jilmang.
Sariq ko'zim chaqnaganda,
Xushyor bo'ling o'sha onda,
Qolmangiz deb mahtal bo'lib,
Yashil ko'zim chaqnar kulib.
O'tavering , yo'l keng ochiq,
Turay sizga shula sochib.
Porloq bo'lsin yo'llaringiz,
Nurga to'lsin dillaringiz.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning