Get Mystery Box with random crypto!

BO’RI VA YETTI ULOQCHA Bor ekan-da, yo’q ekan, O’tkan zamonda | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

BO’RI VA YETTI ULOQCHA

Bor ekan-da, yo’q ekan, O’tkan zamonda ona echki yashagan ekan. Uning yeti uloqchasi bo’lgan ekan. Ona echki tez-tez yemish qidirib o’rmonga ketar ekan. Ketayotib bolalariga eshikni mahkak yopib, hech kimga ochmaslikni tayinlab ketar ekan. Bir kuni ona echki o’rmonga kirib ketishi bilan ularni kuzatib turgan bo’ri, uycha yoniga kelib, yo’g’on ovozda kuylay boshlabdi:

 Uloqchalarim, bolajonlarim! Eshikni oching mehribonlarim! Onangiz keldi, sut olib keldi.

Echki bolalari esa:

-Eshityapmiz, eshityapmiz, ovozingiz onamiznikiga  o’xshamaydi. Onamiz ingichka ovozda  qo’shiq aytadi. Ket bo’ri  yo’qol bu yerdan! –deb haydaydi.

Bo’ri  o’ylab – o’ylab, temirchining oldiga borib, ovozini o’zgartirishga qaror qilibdi. Ona echki o’rmondan qaytib kelibdi. Eshikni taqillatib, kuylay boshlabdi:

Uloqchalarim, bolajonlarim!Eshikni oching, mehribonlarim!Onangiz sizga sut olib keldi,Yelini to’lib, yerga to’kildi.

Onasining ovozini tanigan echki bolalari eshikni ochibdilar. Keyin birin ketin bo’rining kelgani-yu, aldab ularni yemoqchi bo’lganini so’zlab berishibdi. Ona echki uloqchalarini ovqatlantiribdi, yana o’rmonga ketayotib o’zidan boshqa hech kimga eshik ochmasliklarini qattiq tayinlabdi.

Ona echki ketishi bilan bo’ri yana uy yonida paydo bo’libdi.  Eshikni taqqillatib,ingichka ovozda qo’shiq aytibdi

Uloqchalarim, bolajonlarim!

Eshikni oching, mehribonlarim!Onangiz sizga sut olib keldi,Yelini to’lib, yerga to’lildi.

Uloqchalar bo’rining ovozini anglamay eshikni ochib yuborishibdi. Bo’ri shu on uy ichiga otilib kirib, echki bolalarini tiriklayin birin ketin yutib yuboribdi. Uloqchalarning faqat eng kichkinasi pechka ichiga yashirinib, omon qolibdi.

Ona echki unga qaytib kelsa, eshik ochiq, xech kim ko’rinmabdi. Ona echki bolalarini chaqibdi,lekin ҳech kim javob bermabdi. Pechka eshigini ochib qarasa, eng kichik echkicha qaltirab o’tirganmish.

Ona echki boshiga tushgan musibatni bilgach achchiq – achchiқ yiғlabdi:

Ohh bolajonlarim, uloqchalarim!Eshikni nega ochdingiz,Battol bo’ri qo’liga tushdingiz?

Ona echkining yig’isini eshitgan bo’ri:

Eh echkijon! Senga rahmim kelyapti. Men uloqchalaringni yeganim yo’q, — debdi:

Ona echki shohi bilan bo’rini shunday suzibdiki, uning qorni yorilib, ichidan uloqchalar sakrab- sakrab chiqib, onarari oldiga yugurgilashibdi:

Shundan buyon uloqchalar hushyor va ziyrak bo’lib yashayotgan ekanlar.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling