Get Mystery Box with random crypto!

Vatan sevgisi Ona mehri misli bir ko'klam, Bo'ston etar ko' | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Vatan sevgisi

Ona mehri misli bir ko'klam,
Bo'ston etar ko'ngillar bog'in.
Ammo, axir, tipratikan ham
O'z bolasini deydi yumshog'im.

Ishq bir otash sevgan dillarga,
Hijron yengar qalb bardoshini.
Ammo juftin yo'qotsa agar,
Kabutar ham egar boshini.

Bir sevgi bor, lekin dunyoda,
Tabiatda topilmaydi ul.
Barcha ishqdan erur ziyoda
Ona yurtga qo'yilgan ko'ngil.

Inson yurgan oshib dovonlar
Shu muhabbat cho'qqisi sari...
Bu ishq uchun necha zamonlar
Olam kezgan er o'g'lonlari.
#sher


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling