Get Mystery Box with random crypto!

Gul parvarishi Mehnatsevar bo'lsak biz, Kattalar bo'lishar sh | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Gul parvarishi

Mehnatsevar bo'lsak biz,
Kattalar bo'lishar shod.
Barakalla bolam deb
Maqtashar bizni bot-bot.
Tuvakdagi gullarga,
Suv quyamiz har kuni
Nam sochiqda avaylab,
Artib qo'yamiz uni.
Yumshatamiz tuprog'in,
Yo'qsa tagi qotadi.
Mehr bersak shu gullar,
Yana yashnab ketadi.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning