Get Mystery Box with random crypto!

Yangi tilak yangi umid yangi kunda, Diydor shirin bayramlarnin | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!



Yangi tilak yangi umid yangi kunda,
Diydor shirin bayramlarning zavqi shunda,
Yana bir yil nihoyasi qutlug‘ kunda,
Yangi yilga birga qadam qo‘ying do‘stlar,
Bizlar bilan o‘ynab kuling do‘stlar.

Oppoq qorlar olib keldi qorbobo,
Sovg‘alarga to‘lib keldi qorbobo.
Baland archa atrofidan ketgim kelmas,
Qalbingizdan niyat qiling hech kim bilmas,
O‘tgan yil ham sofligidan eski yilmas,
Yangi yildan ezguliklar kuting do‘stlar,
Bizlar bilan o‘ynab kuling keling do‘stlar!

Duo qiling qor yomg‘irlar soy bo‘lsin deb,
Duo qiling topganimiz oy bo‘lsin deb,
Bu yilni ham omadlarga boy bo‘lsin deb,
Yangi yilga birga qadam qo‘ying do‘stlar,
Bizlar bilan o‘ynab kuling keling do‘stlar,

Oppoq qorlar olib keldi qorbobo,
Sovg‘alarga to‘lib keldi qorbobo!!!

#sher
@bolalar_sherlari