Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yil kirib kelsa X.Toxirjonov she’ri R.Abduraimov musiqa | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Yangi yil kirib kelsa

X.Toxirjonov she’ri
R.Abduraimov musiqasi

Yangi yil kirib kelsa,
Shodlikka to‘lib kelsa.
Yasatamiz archamiz,
Baxt-iqbol kulib kelsa.

Qani, davra quraylik,
Quvnashaylik-o‘ynaylik.
Istiqlol bergan baxtni
Qo‘shiqlarda kuylaylik.

Naqorat:
Qorbobo, hoy qorbobo,
Sog‘indik, keling bobo,
Yangi yil kirib kelsa,
Baxt-iqbol kulib kelsa.

Qorbobo qorqiz bilan,
Bizning bayramga keling.
Xaltangiz to‘la bizga,
Sovg‘a-salom keltiring.

Qani, davra quraylik,
Quvnashaylik-o‘ynaylik.
Istiqlol bergan baxtni
Qo‘shiqlarda kuylaylik


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling