Get Mystery Box with random crypto!

Qish zavqi Abdusamad Yunusov she‘ri Shermat Yormatov musiqasi | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Qish zavqi

Abdusamad Yunusov she‘ri
Shermat Yormatov musiqasi

Naqorat:
Tarnovlarga osilib,
Sumalaklar qotibdi.
Qor tagida ona yer
Tinch uyquda yotibdi.

Tabiatga boq ukam,
Oppoq ko‘rpa to‘shabdi.
Oq harirga boqishi,
Kelinchakka o‘xshabdi.

Naqorat:
Tarnovlarga osilib,
Sumalaklar qotibdi.
Qor tagida ona yer
Tinch uyquda yotibdi.

Yur, ukajon, hovliga,
Qorbo‘ronlar o‘ynaymiz.
Qordan yasab Qorbobo,
Shodlanamiz, quvnaymiz.

Naqorat:
Tarnovlarga osilib,
Sumalaklar qotibdi.
Qor tagida ona yer
Tinch uyquda yotibdi.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling