Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yilim kelaqol Keldi mana yangi yil Zarrin qorlari bilan | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Yangi yilim kelaqol

Keldi mana yangi yil
Zarrin qorlari bilan,
Keldi mana Qorbobo
Zo‘r sovg‘alari bilan,

Keldi mana Qorqiz ham
Topishmoqlari bilan,
Yangi yilim kelaqol,
Kelaqol, yangi yilim.

Eski yilda ushalmagan
Orzularim ushalsin.
Yangi yilda dillarim
Quvonch, sevinchga to‘lsin

Yaqinlarim sog‘ bo‘lsin
Do'stlarim ham ko‘p bo‘lsin.
Yangi yilim, kelaqol
Kelaqol, yangi yilim


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling