Get Mystery Box with random crypto!

Xosil… (bolalar uchun sheʼr) Maktabimiz bogʼida, Turli mevala | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Xosil… (bolalar uchun sheʼr)

Maktabimiz bogʼida,
Turli mevalar serob.
Parvarishga kelganda,
Oʼzimiz bogʼbon, mirob.

Daraxtlarning tagini,
Yumshatamiz, chopamiz.
Sezsak daraxt «oxi»ni,
Biror usul topamiz.

Mevalarni biz kuzda,
Bitta qoʼymay yigʼamiz.
Qishda maktabimizda,
Undan baxra olamiz.

Bizning boqqa sizlar xam,
Kuz chogʼi kelib keting.
Xosildan koʼrib baxam,
Taʼmini bilib keting!…