Get Mystery Box with random crypto!

«Qarzda…» (bolalar uchun sheʼr) Uyqu kelib koʼziga, Omon der | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

«Qarzda…» (bolalar uchun sheʼr)

Uyqu kelib koʼziga,
Omon der oʼz-oʼziga,

-«Darsni qilay ertaga,
Yaxshi boʼlar qaytaga.

Miya bir oz olar dam,
«Yaxshi dam — ishga xamdam».

Soʼngra baxolarim «besh»,
«Mana bunday boʼlar ish».

Maqtaydi meni barcha,
Olqish olaman qancha!».

Аna shunday oʼy-xayol,
Uni chalgʼitdi xiyol.

Omon xayolga botib,
Uxlab qoldi u qotib.

Xar kun uning darslari.
Ertaga qolar bari.

Davom etsa, shu tarzda,
Omon qolmasmi «qarz»da!…