Get Mystery Box with random crypto!

Armiya bilan xalq Askar safda borar: bir, ikki, uch! Tuprog'i | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Armiya bilan xalq

Askar safda borar: bir, ikki, uch!
Tuprog'i zar yurtim, tog'lari marjon.
Birlik, yakdillikda eng qudratli kuch –
Armiya bilan xalq bir tan-u bir jon!
Sheryurak bobolar hayoti o'rnak,
Saodat – Vatanga bo'lmoqlik o'g'lon.
Gar fido bo'lmasang jon nega kerak,
Armiya bilan xalq bir tan-u bir jon!
Zirrilaydi zamin tashlasam qadam,
Na’ra tortsam qalqib ketadi osmon.
Tinchlik barqarorki, har bir kun bayram
Armiya bilan xalq bir tan-u bir jon!
Oq yuvib, oq tarab o'sdirding, ona,
Meniki, bizniki bu qutlug' makon.
Temuriy voris bor, el bor yagona,
Armiya bilan xalq bir tan-u bir jon


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling