Get Mystery Box with random crypto!

ALISHER NAVOIY Men ushoq bir zotman tarix oldida, Sira mangul | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

ALISHER NAVOIY

Men ushoq bir zotman tarix oldida,
Sira mangulikni qilmasman da’vo.
Axir, mangulik bu — millat qalbida
Yashamoqdir dunyo turgunicha to.
Bor ekan toki zulm, toki qabohat,
Inson yuragini tark etmagay she’r.
Asrlar qa’ridan sog‘u salomat
Siz chiqib kelasiz, ustoz Alisher!
Jahon shoirlari tursa gar qator,
Ularga siz mudom sardorsiz, boshsiz.
Bu kun yuragimda g‘ururim bisyor,
O‘zbek manglayiga bitgan quyoshsiz!
Qalblar nurga to‘lsin — shu buyuk matlab,
Yuksalar ulug‘dan ulguni olgan...
To mahshar ehtirom topsa, ne ajab,
Bitta baytingizning mag‘zin chaqolgan!
Nafsdan chayqalganda zamon — to‘rt taraf,
Sizni jalb etoldi na toju na taxt.
Sizga muxlislikning o‘zi bir sharaf,
Sizni anglamoqning o‘zi ham bir baxt!

@bolalar_sherlari