Get Mystery Box with random crypto!

#sõnggi_qõnģiroq Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘ | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

#sõnggi_qõnģiroq

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘, 

Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘, 

Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘, 

Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘, 

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. 

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga, 

Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga, 

Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga, 

Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga, 

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. 

Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga, 

Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga, 

Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga, 

Ota-ona fanosin aylantirar baqoga, 

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. 

Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal, 

Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal, 

Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal, 

Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal, 

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. 

Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati, 

Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati, 

Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati, 

Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati. 

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. 

Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida, 

Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida, 

Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida, 

Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida, 

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. 

Mualliflik huquqi asosida tayyorlandi. Kanaldan malumotlarni olganda manzili ko‘rsatilishi shart.
@bolalar_sherlari