Get Mystery Box with random crypto!

Vatan Miraziz A’zam Vatan — bizning uyimiz, Vatan — bizni | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Vatan

Miraziz A’zam

Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz
Mazza qilib ichamiz.
Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab mazza qilamiz.
Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning