Get Mystery Box with random crypto!

SALOM, MAKTAB: Yetti yoshga toʻldim men, Maktab sari keldim m | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

SALOM,
MAKTAB:

Yetti yoshga toʻldim men,
Maktab sari keldim men.
Salom maktab, jon maktab,
Quchog‘ingga ol, maktab.

Ozim yaxshi bolaman,
Eng a'lochi boʻlaman,
Ona Vatan dilbandi,
Istiqlol farzandiman.

Erkalik va sho‘xlikni
Tashlab keldim bog‘chaga.
Barcha o‘yinchog‘imni
Terib qoʻydim tokchaga.

Odob va tarbiyani
Oldim ota onamdan
Endi bilim koniga
Yuray shu ostonadan

Faqat «besh» baho bilan
Daftarimni toldiray,
Hur, goʻzal diyorimga
Munosib farzand boʻlay.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning