Get Mystery Box with random crypto!

til va nutq markazi uchun To‘rt tomonim bor mening, Yana to‘ | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

til va nutq markazi uchun

To‘rt tomonim bor mening,
Yana to‘rttala burchak.
Viqorimga qarab bil,
Nomim mening to‘rtburchak.

Tabiatdan izlama
Meni o‘zing yasab ol,
Yasa sandiq, quticha,
Javon, mashina, uy sol.

Yana nega kerakman,
Buni o‘zing o‘ylab top!
Yaxshilab razm solgin,
Men kerakli, hammabop!

Mening nomim jarangdor,
Uchburchakman, uchburchak,
Uch tomonli shaklman
Sanab ko‘r, bor uch burchak.

Nelar uchburchak ekan,
Angla dono bo‘lsang gar.
Uylar tomi va yana
Bilgil zalvorli tog‘lar.

Shakllar malikasi
Men kerakli aylana.
Barcha joyda men shayman
Yetar bo‘lsam bir dona.

Bolalarga koptokman,
Hofizlarga doira,
Bayramlarda rangli shar,
Yana yasang nog‘ora.

Turli mevalar chizing,
Polizda ham men hozir,
Choynak, soat, g‘ildirak,
Globus, quyosh, patir…


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning