Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling! B
Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!
Kanal adresi: @bolalar_sherlari
Kategoriler: çocuk bakımı
Dilim: Türk
aboneler: 2.65K
Kanaldan açıklama

Bolalar dunyosiga sayohat qiling...
🌀 She'rlar olami
🌀 Ertaklar dunyosi
🌀 Maqol va topishmoqlar
🌷Shuni bosing va hoziroq oching
@bolalar_sherlari
Kanal 7.12.2018
Fotolavha va reklama joylash: @Bsherobot
👨‍💻

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


En son Mesajlar 16

2021-12-12 18:34:43 Masala yechishni boshlaymiz
Qoidalarga qilamiz havas
Ta ko'p bu qo'shish
Ta kam esa ayirish
Marta ko'p bu ko'payish
Marta kam esa bo'lish
Kimki qoidalarga qilsa amal
Masala yechilar, topilar javob

#sher

@bolalar_sherlari
848 views15:34
Aç / Yorum Yap
2021-12-12 18:34:43 Riyoziyot (matematika)darsimiz
Hisob-kitob qilamiz
Raqamlarning sirlarin
Sizga bilib aytamiz
Qo'shamiz va olamiz
Ko'payririb bo'lamiz
Tez va to'g'ri hisoblab
Ham chiroyli yozamiz


#sher

@bolalar_sherlari
984 views15:34
Aç / Yorum Yap
2021-12-12 18:34:43 Ona tili darsimiz
Onam tili darsimiz
O'zbek tilin chuqurroq
O'rganishdir burchimiz
Chiroyli yoz yozsang xat
Chunki hu ham zo'r san'at

#sher

@bolalar_sherlari
1.1K views15:34
Aç / Yorum Yap
2021-12-12 18:34:43 Darsimiz o'qish darsi
O'qish va uqish darsi
O'qiymiz sharros-sharros
She'r yodlaymiz tez va soz
Shiorimiz tez o'qish
Tez o'qish va soz o'qish
Ustozimiz shod etish


#sher

@bolalar_sherlari
1.1K views15:34
Aç / Yorum Yap
2021-12-11 20:11:11 Abduraxmon Jomiy



Oltin va kumushi bo’lmagan odam kambag’al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo’lmagan kishi kambag’aldir.

Majid Xavofiy



Hunar – hunardan unar.

O’zbek xalq maqoli



O’quvchini mehnat qilishga o’rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg’unlashishga ko’niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o’rgatki, uning uchun o’z kuchi bilan biron bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig’maydigan holat hisoblansin.

Disterverg.

Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruriyatdir.

Viktor Gyuko



Har qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak.

Servantes

Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir.

Abdulla Avloniy
1.0K viewsedited  17:11
Aç / Yorum Yap
2021-12-11 20:11:11 Kamolotga erishish uchun, avvalo qalb pokizaligi haqida o’ylash kerak. Qalb pokizaligiga esa yurak haqiqatni izlaganda va Ruh oriflikka intilgan taqdirdagina erishiladi. Bularning barchasi haqiqiy bilimga bog’liqdir.

Konfutsiy



Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o’qidir.

Az-Zamaxshariy



Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim.

Abu Nasr Forobiy



Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi.

Konfutsiy



Avvaliga biz bolalarimizga o’rgatamiz. So’ngra o’zimiz ulardan o’rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o’z davridan orqada qoladi.

Ya.Raynis



Maktab voyaga etayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo’ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo’lda mustahkam tutmog’ing lozim.

A.Barbyus



Maktab – dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir. Maktabning chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari, mollari bilan himmat va g’ayratlarini sarf etib, millatning taraqqiyi rivojiga ijtixod qilurlar.

Maxmudxuja Bexbudiy

Chinakam oqilona ta’lim ongimizni ham, xulqimizni ham o’zgartiradi.

Mishel Monten

Bilim va qudrat – ikkovi egizak.

F.Bekon



Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog’atga hech bir zaxmatsiz etkazadi.

Abu Lays As-Samarqandiy



Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa – tarbiyadir.

Demokrit



Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.

Stefan Tsveyg



Bolalikka buyuk hurmat, ehtirom bilan qarash lozim.

Yuvenal



Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur.

Abdulla Avloniy



Taraqqiyotning umumiy ko’lamida har bir xalqning o’rni o’sha xalq o’qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi.

E.Labule



Agar maqsadsiz bo’lsang hech narsa qilolmaysan, maqsading katta bo’lmasa buyuk ish qilolmaysan.

Deni Didro



Ulug’ aql egalari o’z oldilariga maqsad qo’yadilar, qolgan odamlar o’z istaklari ortidan ergashadilar.

Voshington Irving





Hayot yo’lida birinchi masala – maktab masalasidir.

Abdurauf Fitrat



Ilm ko’pga etkazar, hunar esa ko’kka.

O’zbek xalq maqoli

Yomonlik – butun nuqsonlar majmuidir. Dunyoning ishlari siyosatsiz tartibga tushmaydi. Agar ta’lim tarbiya va jazo to’g’risida qonun-qoida bo’lmasa, mamlakat ishlari buziladi.

Xusayn Voiz Koshifiy.



Hamma qobiliyatlarning sarvari fikrdir.

Uilyam Metiyuz



Ilm namoyondalariga baxillik qilma, zero ilm xazinadirki, undan qancha foydalansang ham boylikdan farkli o’laroq, baribir ko’payib boraveradi.

Majid Xavofiy



Bilimga eltuvchi yagona yo’l, bu faoliyatdir.

Bernard Shou



Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo’ladi, har Kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladilar.

Abu Nasr Forobiy



Aflotundan so’radilar: o’qish-o’rganish tokaygacha izzat va hurmatda bo’lg’usi? U javob qiladi: johillik nuqson deb hisoblangunga qadar.

Jaloliddin Davoniy



Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar.

Deni Didro







O’rtamiyona odam vaqtni tez o’tkazish payida bo’ladi, iste’dod egasi esa undan foydalanib qolishga o’rinadi.

A.Shopengauer



Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur.

Az-Zamaxshariy



Insonning qimmati emas siymu zar. Insonning qimmati ilm ham hunar.

Bedil



Odam bolalikdan yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga qadam qo’ymasligi kerak, avlodlarni ham yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga yo’llab bo’lmaydi.

Fyodor Dostoevskiy



Xalq uchun nondan so’ng muhimi maktabdir.

Jorj Danton



Kimki o’rganishni uyat, or dema, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos.

Nizomiy Ganjaviy

Tarbiya ishida o’z-o’zini takomillashtirish jarayoniga katta o’rin berilmog’i lozim. Insoniyat faqat mustaqil o’rganish tufayligina taraqqiy etgan.

G.Spenser

Kim hunarni desa, u dono bo’lur, nodonlar qudrat deb boylikni bilur.
623 viewsedited  17:11
Aç / Yorum Yap
2021-12-11 20:11:11 Kitob haqida #hikmatli so'zlar


Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi-uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.

V.Gyugo

Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’yaqoladi, yaxshi o’qituvchi esa, haqiqatni topishga o’rgatadi.

A.Disterveg



Tafakkur va xotira o’zaro bog’liq, chunki tafakkur o’tmishdagi hayotiy tajribaga asoslanadi.

Norman



Biz oldin miyani to’ydiraylik, so’ngra u qorinni to’yg’azadi.

Yapon maqoli.

Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.

F. Volter



Kitob odamni - bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi.

F. Bekon





Ilmu ustod kitob hurmati – hammasidan zarur bu bob hurmati.

Kim esdan chiqarsa bu uch hurmatin,

Chekar hayotida kamlik zillatin.

Kamoliddin Binoiy



Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur,

Bilim subhidagi nur ham kitobdir.

Abduraxmon Jomiy



Kitobni e’zozlash kerak, tafakkurning bu qasriga ehtirom bilan kirmoq lozim.

A. Gertsen



Kitobning mohiyati mangudir… Bu mohiyat – tafakkurni abadiylashtiradi.

L.N Tolstoy



O’zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman.

Maksim Gorkiy

Qanday kitob o’qiyotganingni aytsang, sening kimligingni aytib beraman.

A.V. Lunacharskiy.



Kitob o’qishni odat qilmagan oila – ma’naviy qashshoq oiladir.

P.A. Pavlenko

Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to’plab avlodlarga etkazadi.

Oybek

Kitob bu inson orqali ko’riladigan dunyodir.

I.E. Bobel



Kitob insonga qanot bag’ishlaydi.

F. V. Gladkov

Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so’zlar aytadi.

Gertsen



Kitoblar ehtirossiz, biroq sadoqatli do’stdir.

Gyugo



Kitob butun hayotni qamrab oladi.

Balzak

Kitob bu hayotdir, undagi jarayonlar – tarix jarayonlaridir.

M.N. Kuraev

Mening aqlim kitoblardan g’oyalar manbaini topdi.

Tsialkovskiy



Kitobim, barchadan boyim o’zingsan,

Tunimni yoritar Oyim o’zingsan.

Badanim ilmga tashnalab tursa,

Sug’orib turuvchi soyim o’zingsan.

Muxibbiy



Men olimlarga, ilohiyotchilarga, faylasuflarga va tarixchilarga hurmat – ehtirom ko’rsatdim. Men ularni hurmat qildim va e’zozladim.

Amir Temur

Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur.

Maxmudxuja Bexbudiy



Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlikdir.

Abdulla Kodiriy



Ishga yarab qolsa ishing bir muddat, yana oshirmoqqa aylagil shiddat.

Mirzo Ulugbek





Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay.

Imom al-Buxoriy



O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar bilim qayda bo’lsa, buyuklik bo’lar.

Yusuf Xos Xojib



Faqat bir ezgulik bor – bilim va faqat bir yomonlik bor – jaholat.

Suqrot



Ilmga nisbatan go’yo cho’pon kabi posbon bo’linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo’lmanglar.

Hadis



Moziy istiqbolning tarozusidur, har kim o’lchasun-da bilsun.

Maxmudxo’ja Behbudiy



Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o’rnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko’tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o’zidan keyin kelayotgan, o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga etkazib beradi.

Abu Rayxon Beruniy



Tsivilizatsiya nima degani? Bu olg’a ketayotgan inson har qadamda yuzaga keltirayotgan doimiy kashfiyotlardir:taraqqiyot so’zining o’zi ham shundan kelib chiqqan.

Viktor Gyugo



Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat – ibodatdan afzal.

Amir Temur



Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma.

Alisher Navoiy





Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, shundan bilursankim ilm bepoyon.

Firdavsiy

Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa.

Arastu
930 viewsedited  17:11
Aç / Yorum Yap
2021-12-11 12:10:03
Maqollar sizlarga manzurmi?
Anonymous Quiz
90%
10%
191 voters1.2K views09:10
Aç / Yorum Yap
2021-12-11 05:31:10 Kamtarlik va manmanlik haqida maqollar
Kasbga doir maqollar va iboralar
9 март 2012, 14:31
Adandan joy topilsa to'rga o'tma.

Azlarning ko'ngli qurtova tilar.

Amal yetdi ko'rga,
Yugurib o'tdi to'rga.

Amal o'zdirar,
Amalga mag'rur bo'lsang, to'zdirar.

Amal tegdi hunduga,
Boshini suqdi mo'nduga.

Amal tegsa nodonga,
O'zini urar har yonga. #Maqol


Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
1.3K viewsedited  02:31
Aç / Yorum Yap
2021-12-11 05:30:56 Savdogar
Kasbga doir maqollar va iboralar
9 март 2012, 14:14
Савдогар — Пул бўлса чангалда шўрва.
Пулинг бўлса халтада дам, оласан Ялтада. #Maqol


Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
1.2K viewsedited  02:30
Aç / Yorum Yap