Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling! B
Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!
Kanal adresi: @bolalar_sherlari
Kategoriler: çocuk bakımı
Dilim: Türk
aboneler: 2.65K
Kanaldan açıklama

Bolalar dunyosiga sayohat qiling...
🌀 She'rlar olami
🌀 Ertaklar dunyosi
🌀 Maqol va topishmoqlar
🌷Shuni bosing va hoziroq oching
@bolalar_sherlari
Kanal 7.12.2018
Fotolavha va reklama joylash: @Bsherobot
👨‍💻

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


En son Mesajlar 35

2021-11-07 15:43:35
Bayrog‘imiz davlat idora va tashkilotlari, ta'lim muassasalari, harbiy qismlar — qo‘yingki, barcha sarhadlarida hilpirab turibdi.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
204 viewsedited  12:43
Aç / Yorum Yap
2021-11-07 15:43:35
18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan ko‘rgazmalar


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
187 views12:43
Aç / Yorum Yap
2021-11-07 15:43:35
18 Noyabr.O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun.


IFTIHORIM BAYROG'IM

(tadbir uchun)

G'urur sharaf- shonimsan,
Iftihorim -bayrog'im,
Jonim ichra jonimsan,
Nomus, orim- bayrog'im.

Dilda fahrim,quvonchim,
Kelajakka ishonchim,
Qanotim ham tayanchim,
Dilda borim bayrog'im.

Vatan-chaman, bo'stonim,
Senga sodiq har onim,
Tanamda- oqar qonim,
Nurafshonim bayrog'im.

Shijoatim shaxtimsan,
Orzu, umid,ahdimsan,
Boshim -uzra baxtimsan,
Nur jahonim bayrog'im.

Hayotimning tongisan,
Hilpiraysan, mangusan,
Buyukligim ramzisan,
Sharaf-shonim bayrog'im.

Ezgulik qalbimda jo,
Qaddim tik,boshim samo,
Hilpirab tur doimo,
Jonajonim bayrog'im,

XURShID KARIM.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
203 viewsedited  12:43
Aç / Yorum Yap
2021-11-07 15:43:34
#soragan_edingiz

O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i 30 yilligi uchun maxsus emblema


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
184 viewsedited  12:43
Aç / Yorum Yap
2021-11-07 15:43:34
Ranglarining ma'nosi,
Xalqning ruhi, navosi,
O‘zbekiston havosi –
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.

1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i  to’g’risidagi qonun qabul qilindi.  Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Vatanimiz mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991-yilning 18-noyabrida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
192 viewsedited  12:43
Aç / Yorum Yap
2021-11-07 15:43:34
Mo’tabar bayrog’im

Bayroqdagi to‘rt xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to’ldirar
Maqsad sari tenglikda
Havo rang tinchlik demak
Oq-rangdir-poklik ramzi
Yashil-yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi
Yulduzlar doimo sirli
Ma’nolarni so’zlaydi
12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydi
Yangi chiqqan to’lin oy
Har ko’zni o’zga chorlar
Duoga ochamiz qo’l
Dilga nur,poklik solar
12 baxt yulduzi
O’ziga xo’p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog’i
Bizga juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
190 viewsedited  12:43
Aç / Yorum Yap
2021-11-07 15:43:34
Qo’limda bayroq

Moviy, yashil, oq,
Qo‘limda bayroq,
Yuguraman shod,
Vatanda ozod!
Shamolda g‘ir-g‘ir,
Hilpiraydi hur.
Dilim shoshadi,
Zavqim toshadi.
Ona tabiat
Va jo‘shqin hayot,
Musaffo osmon,
Tomirimda qon.
Pok orzularim,
Jam bo‘lgan bari.
Boshla mayog‘im –
Vatan bayrog‘i!


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
196 viewsedited  12:43
Aç / Yorum Yap
2021-11-07 15:43:34
Bayrog’imiz dunyo uzra

Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog’imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug’ soladi


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
198 viewsedited  12:43
Aç / Yorum Yap
2021-11-07 15:43:34
Bayroq

O'n ikkita yulduzcha
Hamda bitta yarim oy.
Yashil, oq va ko'k ranglar.
Uni bezar, Bozorboy.
Qani top-chi, u nima?
Bilimingni sinab boq!
- Topish muammo emas,
U yuzimiz - u bayroq.
Bayroqga va Vatanga
Sodiq bo'lgin, o'rtoqjon.
Bayroq tug'i ostida,
Yashnagay O'zbekiston!


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
212 viewsedited  12:43
Aç / Yorum Yap
2021-11-07 15:43:34
Vatan siymosini ifoda etib
Ko'kda hilpiraydi o'zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to'rtta rangi
Moviy qizil,yashil hamda oq
Harbiri o'zgacha mano kasb etib
G'urur iftixrla tilga kiradi.
O'zida yashirin sirli hilqatni
Navbatma navbat ochib beradi.

Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg'ubor osmon –u halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur davlatining bayrog'i rangi
Sadoqat yashirin unda begumon
Shon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko'zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo'lmasmiz hech kam.

Oq rangda aks etgan poklik va soflik
Orzu va xayollar charag'onligi
Tinchikday muqaddas qo'rg'onimiz u
O'zbekistondek yurtim faravonligi
Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog'ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o'z elimizni
Solinar g'animlar qalbiga titroq

Yashil rang uyg'onish yasharish demak
Yashillik yarashar go'zal bo'stonga
Navqiron umidli shodumon.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga obuna boʻling
232 viewsedited  12:43
Aç / Yorum Yap