Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling! B
Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!
Kanal adresi: @bolalar_sherlari
Kategoriler: çocuk bakımı
Dilim: Türk
aboneler: 2.65K
Kanaldan açıklama

Bolalar dunyosiga sayohat qiling...
🌀 She'rlar olami
🌀 Ertaklar dunyosi
🌀 Maqol va topishmoqlar
🌷Shuni bosing va hoziroq oching
@bolalar_sherlari
Kanal 7.12.2018
Fotolavha va reklama joylash: @Bsherobot
👨‍💻

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


En son Mesajlar 5

2022-04-20 02:49:47 ALISHER NAVOIY

Men ushoq bir zotman tarix oldida,
Sira mangulikni qilmasman da’vo.
Axir, mangulik bu — millat qalbida
Yashamoqdir dunyo turgunicha to.
Bor ekan toki zulm, toki qabohat,
Inson yuragini tark etmagay she’r.
Asrlar qa’ridan sog‘u salomat
Siz chiqib kelasiz, ustoz Alisher!
Jahon shoirlari tursa gar qator,
Ularga siz mudom sardorsiz, boshsiz.
Bu kun yuragimda g‘ururim bisyor,
O‘zbek manglayiga bitgan quyoshsiz!
Qalblar nurga to‘lsin — shu buyuk matlab,
Yuksalar ulug‘dan ulguni olgan...
To mahshar ehtirom topsa, ne ajab,
Bitta baytingizning mag‘zin chaqolgan!
Nafsdan chayqalganda zamon — to‘rt taraf,
Sizni jalb etoldi na toju na taxt.
Sizga muxlislikning o‘zi bir sharaf,
Sizni anglamoqning o‘zi ham bir baxt!

@bolalar_sherlari
2.0K views23:49
Aç / Yorum Yap
2022-04-20 02:49:46 El nazari tushgan zo‘r hunarmandning,
Har sohada mohir shovvozi bo‘lar.
Olim, hofiz, shoir – ahli ijodning,
Elga tanituvchi ustozi bo‘lar.

#sher

https://t.me/bolalar_sherlari
1.8K views23:49
Aç / Yorum Yap
2022-04-20 02:49:46 Ustozsiz shogird bu – daraxt bachkisi,
Uni ortiqcha deb kesib tashlashar.
Ustoz qadri har bir dilga ko‘chgusi,
Ustoz bilan kamol topgusi bashar!

#sher

https://t.me/bolalar_sherlari
1.8K views23:49
Aç / Yorum Yap
2022-04-20 02:49:46 Avval yuragingga mo'ralaydi u, 
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z. 
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu, 
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z! 
Qishning axvoliga boqib hoynahoy, 
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz. 
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy, 
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z! 
Ona bag'ri kabi iliqdir olam, 
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz. 
Qoldi puchmoqlarda xazon yanlig' g'am, 
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z! 
Yana ko'ngillardan rutubat ketdi, 
Yana shulalardan qamashmoqda ko'z. 
Yana dildorlikning fursati yetdi, 
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
1.7K views23:49
Aç / Yorum Yap
2022-04-20 02:49:46 Shoshqaloq

Bir bola bor alomat,
Lekin dangasa emas.
Ish buyursa onasi,
Sira-sira yo'q demas.

Bir aybi bor: betoqat,
Juda-juda shishqaloq.
Diqqat bilan gapingga,
Rosti, solmaydi quloq.

Ona der:-Shoshma, bolam,
Oldin gapga quloq sol.
- Bo'ldi, tushundim, - der-u,
Yugurib ketar darhol.

Zumda qaytar halloslab,
Hayron qilib onani.
- Oyi, nima devdingiz?
Olib kelay nimani?


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
1.8K views23:49
Aç / Yorum Yap
2022-04-20 02:49:46 Ona duosi

Bu dunyoning xilqati ayol,
Ma'no birla hikmati ayol
Odamzotga tilagi iqbol
Ko'rmay desang umringda zavol
Sen onalar duosin ol


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
1.6K views23:49
Aç / Yorum Yap
2022-04-20 02:49:46 - O'tkir ko’zli lochinlarin,
Ko’zday asrar sarhadlarin.
Uyda kutar Barchinlari,
Alpomishu Farhodlarin,
Ona-Vatan posbonlari
#sher
@bolalar_sherlari
1.6K views23:49
Aç / Yorum Yap
2022-04-20 02:49:46 – O’zbekiston chaman diyor,
Yashnar bog’u bo’stonlari,
“Oq oltin” u mo’l-ko’l, bisyor,
Xazinaga boy konlari,
Ona –Vatan posbonlari!
#sher
@bolalar_sherlari
1.5K views23:49
Aç / Yorum Yap
2022-04-20 02:49:46 -O’zbegimning nomus –ori,
Oriyatli askarlari.
Momolarim iftixori
Toza vijdon , iymonlari,
Ona –Vatan posbonlari !
#sher
@bolalar_sherlari
1.6K views23:49
Aç / Yorum Yap