Get Mystery Box with random crypto!

Blogerlarning qismati oldingi zamonlarda ham xavfli bo'lgan ek | Deleted channel

Blogerlarning qismati oldingi zamonlarda ham xavfli bo'lgan ekan

Bir hukmdor Turkiyadagi bir qishloqni fillar bilan bosib olibdi. Keyin, bitta filni boqishni qishloq ahlining bo‘yniga qo‘yibdi. Bir oy o‘tmay fil butun o‘t-o‘lanlarni yeb, bitiribdi. Uni qanday boqishni bilmay qolgan aholi Afandidan amirning oldiga borib, filni qaytarib olishni so‘rashini iltimos qilishibdi. Afandi "bitta shartim bor, agar menga dalda bo‘lish uchun birga borib, orqamda tursanglar aytaman" debdi. Xalq ko‘nibdi.

Hamma saroyga boribdi. Hukmdor "nima gaping bor?" deb so‘rabdi. Afandi tomoq qirib, dalda olish uchun orqasiga qarasa hech kim yo‘q - xalq qo‘rqib, qochib ketgan ekan. Shunda Afandi "Bizga boqqani bitta fil bergandingiz, shu o‘zi zerikib qolyapti, nima qilsak ekan?" debdi. Keyin, qishloqqa ikkinchi filni yetaklab kelgan ekan.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL | Instagram