Get Mystery Box with random crypto!

Qashqadaryoning 2 tumanida kuchli qor yog‘di Yogʻingarchilik | 25 SOAT - REYD

Qashqadaryoning 2 tumanida kuchli qor yog‘di

Yogʻingarchilik bugun, 5-aprel kuni viloyatning tog‘li hududlarida kuzatilgan. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulaxatov ma’lum qildi.

Keltirilishicha, qor viloyatning Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘ida yog‘gan. Shuningdek, kecha, 4 aprel kuni tumanning tog‘li hududidagi Sarchashma qishlog‘ida ham qor yog‘ib o‘tgan.

Bundan tashqari, viloyatning Dehqonobod tumani “Guliston” mahallasida bugun tuni bilan qor yog‘ib, yerlar yaxshigina oqargan.

Eslatib o‘tamiz, 5-apreldan 7-aprelgacha O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini bo‘lishi haqida ma’lum qilingandi. Kunduzgi havo harorati – hafta davomida 15-18 darajadan 20-23 darajagacha iliq bo‘ladi. Shamol 15-20 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi va do‘l yog‘ishi mumkin.

Amalda.uz Telegram kanali