Get Mystery Box with random crypto!

TO‘NG‘ICH O‘G‘IL To‘ng‘ich o‘g‘il olis yurtda edi. Unga ukala | Yaproqq 🍁

TO‘NG‘ICH O‘G‘IL

To‘ng‘ich o‘g‘il olis yurtda edi. Unga ukalar bir necha kun qo‘ng‘iroq qilib, tusha olishmadi. Bir kun oxiri go‘shak ko‘tarildi.
— Alo? Aka?
— Hov, Samandarjon? Yaxshimisan, ukam?
— Rahmat... Aka, bardam bo‘ling. Otamdan ayrilib qoldik. To‘ng‘ichimizsiz, otam sizni so‘ray-so‘ray tinkasi quridi. Ko‘zi orqada ketdi otaginamning...
— Eh... Nega bunday bo‘ldi, Samandarjon? Otam hovlini kimga vasiyat qilib ketdi?..

Jasur Kengboyev

@yaproqq