Get Mystery Box with random crypto!

Taniqli dublyaj aktyori Sanjar Sa'dullayev vafot etdi. Rostin | Koylaklar 👗

Taniqli dublyaj aktyori Sanjar Sa'dullayev vafot etdi.

Rostini aytsam, ustozning bergan ovozlarini eshitib o'zimdagi xatoliklarni tuzatardim. Hayotda ko'rishish nasib etmagan bo'lsa ham ko'p tinglab o'rganganman. Dastlabki, san'atga qiziqishimga sababchi bo'lgan inson ham aynan shu inson hisoblanadi.

Keyingi postlarda dublyaj qilgan filmlaridan qisqa roliklar ham qo'yaman.

Alloh rahmatiga olsin.


Sanjar Sa'dullayev 1954 yil 10 iyulda Toshkent shahrida tug'ilgan. Toshkent davlat teatr va san'at institutining drama va kino bo'limini tamomlagan.

Ijodiy faoliyati davomida O‘zbekiston televideniyesi va davlat radiosida ishlagan. U dublyaj sohasida yuzlab kino, hujjatli filmlar va seriallarga ovoz bergan.

Marhumning janozasi "Minor" masjidida peshin namozi vaqtida o'qilarkan.

@Khan_blogi | Instagram | Youtube