Get Mystery Box with random crypto!

Romitanning bir donasi Oilam durdonasi Bobojonim durdonasi | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Romitanning bir donasi
Oilam durdonasi
Bobojonim durdonasi
Suxrobjon bo’laman
Ota onam erkasi
Vatanimning erkasi
Bitta opam ukasi
Suxrobjon bo’laman
Oilada bir qiz bir o’g’il
Barchamiz ahil inoq
Yosh avlod vakilimiz
Orzularga to’la dil
Bobomlar o’qituvchi
Momomlar bichuvchi
Onajonim tikuvchi
Dadajonim quruvchi
Quvonchga to’la hovli
Oilamiz juda keng
Baxtli kuni har biri
Duru gavharga teng
Endi o’zimga kelsak
To’rtinchida o’qiyman
Maktabimni sevaman
Darslarni qoldirmayman
Ustozim ham bebaho
Baholarim ham a’lo
Matlubaxon ustozim
Shirin so’zli ham dono
Faqat a’lo o’qiyman
Mardu jasur bo’laman
Jonajon Vatanimga
Sodiq farzand bo’laman.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning