Get Mystery Box with random crypto!

Oilada uchovmiz Ham ahilu,inoqmiz Akajonim Mirhojibek Har ishd | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Oilada uchovmiz
Ham ahilu,inoqmiz
Akajonim Mirhojibek
Har ishda oqilu bek
Mehriniso opajonim
Mening yaqin sirdoshim
Oqila hamda dono
Surayyoxon ustozim
Ismim Muhammadali
Qo’llasin Hazratali
Nodirbek mening dadam
Yodimdadirlar har dam
Sanobarxondir oyim
Pazanda bizga hamdam
O’sib ulg’ayib men ham
Vatanga sodiq bo’lay
Yurtim ishonchin oqlab
Yetuk bir inson bo’lay
Yurtimdir O’zbekiston
Gullasin bu hur makon
Olloh bo’lsin madadkor
Bo’laylik biz tadbirkor.
Tanishtiruv uchun she'rlar.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning