Get Mystery Box with random crypto!

Òzbek mening millatim Salom berish odatim Shuning uchun deym | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Òzbek mening millatim
Salom berish odatim
Shuning uchun deymanki
Assalomu aleykum
Tanishtiray òzimni
Dona dona sòzimni
Soatboyeva Durdona bòlaman
Xudo xoxlasa shu yil
Yetti yoshga tòlaman
Oilam bir donasi
Ota onam durdonasi
Buvam bn buvimning
Erkatoy nabirasi
Akajonim ham bordir
Uning ismi Javohir
Òqishlari a'lodir
Dadamlarga yordamchi
Biz onamga dastyormiz
3 yoshga tòlib bardam
Boqchaga qòydim qadam
Qòlimga qalam tutgan
Feruza boqcha opam
Sizni yaxshi kòramiz
sizga rahmat aytamiz
Kelajakda orzuyim
Shifolor bòlmoqchiman
Elimga xizmat qilib
Raxmatlar olmoqchiman
Bòsh vaqtim bòlsa agar
Chizib turli suratlar
Qòģirchoģimga har xil
Chizaman kòylakchalar
Sòngi sòzim barchaga
Doim bòling salomat
Tengdosh dugonalarim
Tilayman sizga omad


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning