Get Mystery Box with random crypto!

ALYOR Qo‘shiq aytgim keladi, Jo‘shib aytgim keladi. Muhabb | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

ALYOR

Qo‘shiq aytgim keladi,
Jo‘shib aytgim keladi.
Muhabbatim, mehrimni,
Qo‘shib aytgim keladi.
Keling, birga kuylaylik,
Yaxshilikni o‘ylaylik.
Baxtimizdan, taxtimizdan,
Ahdimizdan so‘ylaylik.
Halol yashab, xalq bo‘lib,
Halovatlar tuyaylik.
Ota-ona, do‘st-yorni
Boshimizga qo‘yaylik.
Ko‘nglimning ashulasi,
Ko‘zlarimning shu'lasi,
Menga behad keraksiz,
Siz-suv, havo, yurak-siz.
Siz bog'imda gul bo‘ling,
Gul bo‘lsam, bulbul bo‘ling.
Bo‘lishib bir mayizni
Esak hayot fayzli!


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning