Get Mystery Box with random crypto!

O‘YNADING Gir aylanib o‘ynading, Chir aylanib o‘ynading, Y | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

O‘YNADING

Gir aylanib o‘ynading,
Chir aylanib o‘ynading,
Yigitlarni lol qilib,
Bir aylanib o‘ynading.
Ko‘zlar ko‘zingda qoldi,
Shirmoy yuzingda qoldi.
Ko‘ngil qushi havolab,
Dilbar, o‘zingda qoldi...
Bog'imdan gul uzding yor,
Borlig'imda suzding yor.
Nozik qilib yurakka,
Ishq rasmini chizding yor.
Endi o‘chirib bo‘lmas,
Yoki ko‘chirib bo‘lmas,
Bu qilgan gunohingni
Aslo kechirib bo‘lmas.
O‘t tushdi shirin jonga,
Dilni olding nishonga.
Endi o‘zing oro kir,
Yorim bo‘lib ishongan.

Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning