Get Mystery Box with random crypto!

Umid qo'shig'i Tezroq bahor kela qolsa, Kela qolsa gulbahor. | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Umid qo'shig'i

Tezroq bahor kela qolsa,
Kela qolsa gulbahor.
Sho‘x suvlarga to‘la qolsa,
Muzlab yotgan shu anhor.
Sumalaklar erib oqsa,
Tarnovlarni to‘ldirib.
Quyosh mayin-mayin boqsa,
Binafshani kuldirib.
Echib qalin kiyimini,
Er nafasin rostlasa.
Qushlar qo‘yib tinimini,
Quvnoq torin sozlasa.
Soz bo‘lardi, soz bo‘lardi,
Kela qolsa ko‘klamim.
Quvonchlarga dil to‘lardi,
Chiqqanday ilk to‘plamim.
Kuylagim bor zavqqa to‘lib,
Qadam-shaxdam, qaddim-g'oz.
Kelajakka maftun bo‘lib,
Intiq yashash qanday soz!..


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning