Get Mystery Box with random crypto!

Nafs balosi (bolalar uchun sheʼr) Orif kelib maktabdan, Tushl | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Nafs balosi (bolalar uchun sheʼr)

Orif kelib maktabdan,
Tushlik uchun oʼtirdi.
Voz kechmasdan qatiqdan,
Pok-pokiza tushirdi.

Qatiqni koʼrgach baxam,
Navbat palovga yetdi.
Xayallamay palov xam,
Toʼgʼri qoringa ketdi.

Moʼralab ishkomlardan,
Uzumlar turardi jim.
Ikki boshi ulardan,
Qayoqqadir boʼldi zim.

Oshxonada bir qovun,
Turibdi boʼlib «asal»,
Uni yegandan keyin,
Orifboy boʼldi kasal».

Qorni ogʼrib bir zumda,
Chiday olmay yigʼladi.
Аxir aybi oʼzida,
Nafsin sira tiymadi.

Orif kabi kimda-kim,
Kirsa nafsin soʼziga,
Shak-shubxasiz u maxkum,
Qasd qilmoqqa oʼziga.

Аgar sixat tilasang,
Xech qachon koʼp yemagin.
Orifga oʼxshab qolsang,
Keyin afsus qilmagin.

Kirsang nafsing soʼziga,
Oqibati yomondir.
Sogʼlik tushmay iziga,
Rangi-roʼying somondir!


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling