Get Mystery Box with random crypto!

Temir parchasi (bolalar uchun sheʼr) Bir kun Karim ertalab, M | Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Temir parchasi (bolalar uchun sheʼr)

Bir kun Karim ertalab,
Maktabi tomon yurdi.
Yoʼlida ketayotib,
Temir yotganin koʼrdi.

Keyin esa Karimjon,
Ketabermay yoʼliga,
Oʼsha temir parchasin,
Oldi yerdan qoʼliga.

Oʼrtogʼi buni koʼrib,
Dedi: -«Nima qilasan?».
Karimjon oʼylab turib,
Dedi: -«Keyin bilasan!».

Maktabga yetib borgach,
Topshirdi metallomga,
Oʼrtogʼi buni koʼrgach,
Qoyil qoldi Karimga!…

Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling