Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling! B
Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!
Kanal adresi: @bolalar_sherlari
Kategoriler: çocuk bakımı
Dilim: Türk
aboneler: 2.65K
Kanaldan açıklama

Bolalar dunyosiga sayohat qiling...
🌀 She'rlar olami
🌀 Ertaklar dunyosi
🌀 Maqol va topishmoqlar
🌷Shuni bosing va hoziroq oching
@bolalar_sherlari
Kanal 7.12.2018
Fotolavha va reklama joylash: @Bsherobot
👨‍💻

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


En son Mesajlar 42

2021-10-29 08:31:34 - O'tkir ko’zli lochinlarin,
Ko’zday asrar sarhadlarin.
Uyda kutar Barchinlari,
Alpomishu Farhodlarin,
Ona-Vatan posbonlari
#sher
@bolalar_sherlari
349 views05:31
Aç / Yorum Yap
2021-10-29 08:31:34 – O’zbekiston chaman diyor,
Yashnar bog’u bo’stonlari,
“Oq oltin” u mo’l-ko’l, bisyor,
Xazinaga boy konlari,
Ona –Vatan posbonlari!
#sher
@bolalar_sherlari
331 views05:31
Aç / Yorum Yap
2021-10-29 08:31:34 -O’zbegimning nomus –ori,
Oriyatli askarlari.
Momolarim iftixori
Toza vijdon , iymonlari,
Ona –Vatan posbonlari !
#sher
@bolalar_sherlari
307 views05:31
Aç / Yorum Yap
2021-10-29 08:31:34 Ota rozi — Vatan rozi

Eson Rahimov

Yaxshi farzand ona yerning
Jonfidosi, deydilar.
Yaxshi farzand dono elning
ko‘z ziyosi, deydilar.
Ota rozi — Vatan rozi,
O‘g‘lonlarim, qizlarim.
Vatan rozi — ota rozi,
Yashang, o‘chmas izlarim.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
286 views05:31
Aç / Yorum Yap
2021-10-29 08:31:34 Yurt qalqonlari

Dilshod Rajab

O‘zbekiston – hur Vatan,
baxtimiz ayvonidir.
Armiyamiz mustahkam,
Ona yurt qalqonidir.
Harbiy xizmat faxrimiz –
bu mardlar maydonidir.
Jasur askar akalar
Ona yurt qalqonidir.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
271 views05:31
Aç / Yorum Yap
2021-10-29 08:31:34 Onajonim mehribonim
Ayyomingiz muborak
Sizga bolsin dunyodagi
Jamiki ezgu tilak

Bahtimizga bosh boling siz
Ko'z yosh tokmangiz aslo
Poyingizda bo'lsa arzir
Onajon butun dunyo


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
257 views05:31
Aç / Yorum Yap
2021-10-29 08:31:34 Ona duosi

Bu dunyoning xilqati ayol,
Ma'no birla hikmati ayol
Odamzotga tilagi iqbol
Ko'rmay desang umringda zavol
Sen onalar duosin ol


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
252 views05:31
Aç / Yorum Yap
2021-10-29 08:31:34 ОНАМ ЭККАН РАЙҲОНЛАР...

Ота уйга келсам гар,
Тарқаб кетар,ҳижронлар.
Бўй таратар,муаттар,
Онам эккан райҳонлар...

Ширин суҳбат қургандек,
Ҳорғин,-хаёл сургандек:
Мени кутиб тургандек,
Онам эккан райҳонлар...

Келдим,-ўсган жойимга,
Энг азиз саройимга.
Суйкалади пойимга,
Онам эккан райҳонлар...

Анов ким?-сўзга уста;
Нозимами,-Шоҳиста?
Чайқалади,оҳиста,
Онам эккан райҳонлар...

Бу Дунёси бир бозор,
Ким даллол,ким харидор.
Онам каби хокисор,
Онам эккан райҳонлар...

Онагинам ҳиммати,
Топган-тутган давлати.
Ҳовлимизнинг зийнати,
Онам эккан райҳонлар...

Мен бир фарзандман,дайди,
Борсам,баргин тўшайди.
Шеърларимда яшайди,
Онам эккан райҳонлар...

Наҳот мен кетдим йироқ?
Қайга тутдим шамчироқ?!
Мендан ҳам меҳрибонроқ,
Онам эккан райҳонлар...

"Соғиндим,-деб боламни:"
Айганида аламни.
Юпатади Онамни,
Онам эккан райҳонлар...

Кўзларимга сурганим,
Ҳидлаб,олиб юрганим.
Тушларимга кирганим,
Онам эккан райҳонлар...

Онам эккан райҳонлар,
Соғинч сочин тарайди.
Онам билан қўшилиб,
Кунда йўллар қарайди...

Эгилибди бошлари,
Ғамгин,кўзу-қошлари.
Онамнинг сирдошлари,
Онам эккан райҳонлар...

Келганда меҳрин тутар,
Онамдек интиқ кутар.
Онамга ўхшаб кетар,
Онам эккан райҳонлар...

КАМОЛИДДИН ШУКУР


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
276 views05:31
Aç / Yorum Yap
2021-10-29 08:31:34 Baxorga tenglashgan o'zbek ayoli,
Nafosat quyoshi barq urgan bu kun,
Sizga tabriklarim go'zal misoli
O'zgacha tong otar aslida bu tun.
Nurlarga cho'milgan zotsiz ayollar,
Har so'ziz azizdir, misli taborak,
Dunyo poyingizga aylab savollar,
Bayramingiz ayollar bo'lsin muborak..
O'zbekning nomusi, orisiz sizlar,
Ham shoni, ham g'ururi borisiz sizlar...
Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
244 views05:31
Aç / Yorum Yap
2021-10-29 08:31:34 Мамуле и бабуле
100 раз скажу «люблю»
И нежно поцелую,
Букеты подарю.

Пускай же в этот праздник
Для них цветут цветы,
Пусть будут их улыбки
Небесной красоты.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
244 views05:31
Aç / Yorum Yap