Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling! B
Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!
Kanal adresi: @bolalar_sherlari
Kategoriler: çocuk bakımı
Dilim: Türk
aboneler: 2.65K
Kanaldan açıklama

Bolalar dunyosiga sayohat qiling...
🌀 She'rlar olami
🌀 Ertaklar dunyosi
🌀 Maqol va topishmoqlar
🌷Shuni bosing va hoziroq oching
@bolalar_sherlari
Kanal 7.12.2018
Fotolavha va reklama joylash: @Bsherobot
👨‍💻

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


En son Mesajlar 45

2021-10-18 04:14:06 OYIJONIM YOPGAN NON

-- Oyijonim yopgan non
Bunchalar totli, shirin?
Yo qo'shganmi qand, asal?
Akajon, ayting sirin.
-- Oyijonim nonlarga
Qand emas, qo'shar mehrin
Shu boisdan nonlari
Mazali, xushta'm, shirin.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
1.3K views01:14
Aç / Yorum Yap
2021-10-18 04:14:06
Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim holamga.
-Hola,hola kulcha ber!
Holam dedi: -O’tin ter!

O’tin terdik bir quchoq.
Sezmadik sira charchoq!
Holam yopdi kulcha non.
Non isiga to’ldi xar yon!
#sher
@bolalar_sherlari
1.3K views01:14
Aç / Yorum Yap
2021-10-18 04:14:06 Kulcha

Non yopganda, non yopganda,
Mening oyim, mening oyim.

Issiq kulcha, issiq kulcha,
Yopar doim, yopar doim.

Kulcha juda mazzali,
Sedanali, jizzali.

Yegan sari yegim kelar,
Rahmat oyi, degim kelar.

Yegan sari yegim kelar,
Rahmat oyi, degim kelar.
#sher
@bolalar_sherlari
1.2K views01:14
Aç / Yorum Yap
2021-10-18 04:14:06 Esiz

Non yasadik on dona,
Sepdik qumdan sedona.
Moy surkadik betiga,
Gul yasadik chetiga.
Yopdik oftob qaynoqda,
Pishib chiqdi qaymoqday.
Uni loydan deb bo'lmas,
Esizgina, yeb bo'lmas.

@bolalar_sherlari
1.2K views01:14
Aç / Yorum Yap
2021-10-18 04:14:06 NON

Bug‘doy nonman,
Oppoq ko‘pgan.
Peshanamdan
Dehqon o‘pgan.
Terib yegin,
Tushsa ushoq.
Men GERBda,
Oltin boshoq
#sher
@bolalar_sherlari
1.2K views01:14
Aç / Yorum Yap
2021-10-17 08:35:44
Qòl ishi


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
695 viewsedited  05:35
Aç / Yorum Yap
2021-10-17 08:35:44
OLTIN KUZ...


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
688 viewsedited  05:35
Aç / Yorum Yap
2021-10-17 08:35:44
Aссалому алайкум. Якшанба тонги муборак бўлсин

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!



Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
701 viewsedited  05:35
Aç / Yorum Yap
2021-10-13 21:08:32 Bolaga kitob bering

https://t.me/bolalar_sherlari/6890
1.7K views18:08
Aç / Yorum Yap
2021-10-13 08:55:06 Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal qishlaydi
(Pechka)

Tunukani chertadi,
Kesaklarni kertadi.
Biroz shoxlik qilgach u,
Yerga singib ketadi.
(Dol)

Qish chogi kapalaklar,
Uchib yurar osmonda.
Qiziq, yoqolib qolar,
Asvaltga qongan onda.
(Qorparcha)

Yungi igna,
Burni tugma.
Kozi munchoq,
Bagri yumshoq.
(Tipratikan)

Orkach-orkach tuyalar,
Bir biriga suyalar.
Qimir etmas yil, asr,
Bagrida xazina, sir.
(Toglar)

Oyna emas jimirlar,
Tek turolmas, qimirlar.
(Soylar)

Qat-qat qatlama,
Aqling bolsa tashlama.
(Kitob)

Tikuvchiga ortoq ozi,
Bittagina jajji kozi.
(Igna)

Yoz, kuz boyi chirqillab,
Don tashiydi pirillab
(Chumchuq)

Aytsalar oyim bizga,
Uyqu keladi kozga.
(Alla)

Na boshi bor, na tani,
Na joni, na vatani.
Eshitsa biror ovoz,
Javob qaytarar shovvoz.
(Aks-sado)

Oq sandigim ochildi,
Olamga nur sochildi.
(Quyosh)

Dum-dumaloq barkash non,
Kok yuzida suzadi.
(Oy)

Tinmay oqisang agar,
Kop narsani orgatar.
Bilsang uka, oylab top,
Bilim koni u – …..
(Kitob)

Ikki ajib qulogi bor,
Biri tinglar, biri sozlar.
(Telefon)

Rangi har xil,
Nomi bir xil.
(Qalam)

Suvdan bolgan, qotsa
Qani suvga botsa.
(Muz)

“Chiq-chiq” der yoq toxtovi,
Vaqtning aniq olchovi.
(Soat)

Toping-chi uning nomin,
Sichqonning berar dodin.
(Mushuk)

Osar kokka boy chozib,
Qulochday bargin yozib.
Xipcha bel, zarrin soqol,
Tishlari zich, dur misol.
(Makkajohori)

Oqmas suvda ozingni kor.
(Kozgu)

Kichkina dekcha-
Ichi tola mixcha.
(Anor)

Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bolar oziq.
(Sabzi)

Pishsa bemaza,
Pishmasa maza.
(Bodring)

Dum-dumaloq boyi bor,
Palovda obroyi bor.
(Behi)

Bir onadan yuz bola,
Yuzovi ham boz bola.
(Uzum)

Toni silliq, tuki yoq,
Ichi qizil, koki yoq.
(Tarvuz)

Yomgirdan song chiqadi,
Chotir qalpoq kiyadi.
Quyoshni yoqtirmaydi,
Shamolni chaqirmaydi.
(Qoziqorin)

Ajib ishlar boladi,
Uxlaganlar koradi.
(Tush)

Chopsa chopilmas,
Bolsa bolinmas.
Kessa kesilmas,
Komsa komilmas.
(Soya)

Tort ortoq bor: zor ishi –
Odam, olm tashvishi.
Har biri xursand etar,
Izma-iz kelib ketar.
(Yil fasllari)

Loy va jundan tanasi,
Xovlimizda xonasi.
Yemishi olov, xamir,
Beradi shirmoy, patir.
(Tandir)

Palak ostida
Yotar talay tosh.
Uni pishirsang,
Bolar shirin osh.
(Kartoshka)

Oq samanim osmonga chopar,
Yagrinlari quyoshni yopar.
(Bulut)

Tunda korib, chog deysan,
Tongda korib, yoq deysan.
(Yulduz)

Gul emas-u, boglangan qilib dasta,
Yerni gulga aylantirar birpasda.
(Supurgi)

Oxshar qovun-tarvuzga,
Sip-silliq kiygan toni.
Ichi olov zar rangda,
Pishirib yeysan uni.
(Qovoq)

Toyib bor, kishnamaydi,
Yozning kuni ishlamaydi.
(Chana)

Kichkina mitti,
Qolimga olsam,
Qovurg`asi sinib ketdi.
(Chumoli)

Qorday oppoq,
Yungday yumshoq.
(Paxta)
#topishmoq
@bolalar_sherlari
1.0K views05:55
Aç / Yorum Yap