Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling! B
Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!
Kanal adresi: @bolalar_sherlari
Kategoriler: çocuk bakımı
Dilim: Türk
aboneler: 2.65K
Kanaldan açıklama

Bolalar dunyosiga sayohat qiling...
🌀 She'rlar olami
🌀 Ertaklar dunyosi
🌀 Maqol va topishmoqlar
🌷Shuni bosing va hoziroq oching
@bolalar_sherlari
Kanal 7.12.2018
Fotolavha va reklama joylash: @Bsherobot
👨‍💻

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


En son Mesajlar 39

2021-11-03 17:17:07
Transport svetofori
Piyodalar svetofori
Avtovuslar to‘xtash bekati belgisi
Piyodalar o‘tish yho‘li belgisi
Mushukchaga rasmlarni bo‘yashga yordam ber.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
812 viewsedited  14:17
Aç / Yorum Yap
2021-11-03 17:17:07
Svetofor
Men azamat yoʻlchiroq,
Soʻzlarimga sol quloq:
– Yoʻlda ogoh, sergak boʻl,
Keksalarga tirgak boʻl. 

Beparvo yursang agar,
Taʼqib etar xavf-xatar.
Sariq yonsa, tayyor tur,
Yashil yonsa, shoshmay yur.

 
Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
916 viewsedited  14:17
Aç / Yorum Yap
2021-11-03 16:58:51 Umid qo'shig'i

Tezroq bahor kela qolsa,
Kela qolsa gulbahor.
Sho‘x suvlarga to‘la qolsa,
Muzlab yotgan shu anhor.
Sumalaklar erib oqsa,
Tarnovlarni to‘ldirib.
Quyosh mayin-mayin boqsa,
Binafshani kuldirib.
Echib qalin kiyimini,
Er nafasin rostlasa.
Qushlar qo‘yib tinimini,
Quvnoq torin sozlasa.
Soz bo‘lardi, soz bo‘lardi,
Kela qolsa ko‘klamim.
Quvonchlarga dil to‘lardi,
Chiqqanday ilk to‘plamim.
Kuylagim bor zavqqa to‘lib,
Qadam-shaxdam, qaddim-g'oz.
Kelajakka maftun bo‘lib,
Intiq yashash qanday soz!..


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
809 views13:58
Aç / Yorum Yap
2021-11-03 16:58:42 O‘YNADING

Gir aylanib o‘ynading,
Chir aylanib o‘ynading,
Yigitlarni lol qilib,
Bir aylanib o‘ynading.
Ko‘zlar ko‘zingda qoldi,
Shirmoy yuzingda qoldi.
Ko‘ngil qushi havolab,
Dilbar, o‘zingda qoldi...
Bog'imdan gul uzding yor,
Borlig'imda suzding yor.
Nozik qilib yurakka,
Ishq rasmini chizding yor.
Endi o‘chirib bo‘lmas,
Yoki ko‘chirib bo‘lmas,
Bu qilgan gunohingni
Aslo kechirib bo‘lmas.
O‘t tushdi shirin jonga,
Dilni olding nishonga.
Endi o‘zing oro kir,
Yorim bo‘lib ishongan.

Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
804 views13:58
Aç / Yorum Yap
2021-11-03 16:58:25 ALYOR

Qo‘shiq aytgim keladi,
Jo‘shib aytgim keladi.
Muhabbatim, mehrimni,
Qo‘shib aytgim keladi.
Keling, birga kuylaylik,
Yaxshilikni o‘ylaylik.
Baxtimizdan, taxtimizdan,
Ahdimizdan so‘ylaylik.
Halol yashab, xalq bo‘lib,
Halovatlar tuyaylik.
Ota-ona, do‘st-yorni
Boshimizga qo‘yaylik.
Ko‘nglimning ashulasi,
Ko‘zlarimning shu'lasi,
Menga behad keraksiz,
Siz-suv, havo, yurak-siz.
Siz bog'imda gul bo‘ling,
Gul bo‘lsam, bulbul bo‘ling.
Bo‘lishib bir mayizni
Esak hayot fayzli!


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
783 views13:58
Aç / Yorum Yap
2021-11-03 16:55:05 Har yon chiroyli

Keng dalalar yashnaydi bugun,
Gullolalar ochilar.
Kuy navolar yangrar biz uchun,
Dillarimiz shodlanar.
Osmon uzra porlar kamalak,
Rangi har yon sochilar.
Ushaladi har orzu istak,
Yangi bayram boshlanar.

Naqorat:
Har yon chiroyli,
Har tong quyoshli.
Go‘zal diyorimizda.
Har doim quvonchli,
Har bola baxtli,
Bizning hur o‘lkamizda.

Raqsga tushib, aylanib bizlar,
Sho‘x bolalar kuylaymiz.
Birgalashib davrada yana,
Quvonamiz yayraymiz.
Mevalarga to‘lgan bog‘larda,
Mazza qilib o‘ynaymiz.
Kuchga to‘lib shunday chog‘larda,
Charchash nima bilmaymiz.

Naqorat.

@bolalar_sherlari
799 viewsedited  13:55
Aç / Yorum Yap
2021-11-03 16:54:48

Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
846 viewsedited  13:54
Aç / Yorum Yap
2021-11-02 23:21:34
Kanalimiz orqali Tugʼilgan Kuni bilan barcha bolalarni tabriklash imkoniyati paydo boʻldi. Xizmat toʻlov asosida. Bitta tabrik joylash 5.000.
Anonymous Poll
73%
27%
11 voters60 views20:21
Aç / Yorum Yap
2021-11-02 23:13:46 Òzbek mening millatim
Salom berish odatim
Shuning uchun deymanki
Assalomu aleykum
Tanishtiray òzimni
Dona dona sòzimni
Soatboyeva Durdona bòlaman
Xudo xoxlasa shu yil
Yetti yoshga tòlaman
Oilam bir donasi
Ota onam durdonasi
Buvam bn buvimning
Erkatoy nabirasi
Akajonim ham bordir
Uning ismi Javohir
Òqishlari a'lodir
Dadamlarga yordamchi
Biz onamga dastyormiz
3 yoshga tòlib bardam
Boqchaga qòydim qadam
Qòlimga qalam tutgan
Feruza boqcha opam
Sizni yaxshi kòramiz
sizga rahmat aytamiz
Kelajakda orzuyim
Shifolor bòlmoqchiman
Elimga xizmat qilib
Raxmatlar olmoqchiman
Bòsh vaqtim bòlsa agar
Chizib turli suratlar
Qòģirchoģimga har xil
Chizaman kòylakchalar
Sòngi sòzim barchaga
Doim bòling salomat
Tengdosh dugonalarim
Tilayman sizga omad


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
64 viewsedited  20:13
Aç / Yorum Yap
2021-11-02 23:13:46 Oilada uchovmiz
Ham ahilu,inoqmiz
Akajonim Mirhojibek
Har ishda oqilu bek
Mehriniso opajonim
Mening yaqin sirdoshim
Oqila hamda dono
Surayyoxon ustozim
Ismim Muhammadali
Qo’llasin Hazratali
Nodirbek mening dadam
Yodimdadirlar har dam
Sanobarxondir oyim
Pazanda bizga hamdam
O’sib ulg’ayib men ham
Vatanga sodiq bo’lay
Yurtim ishonchin oqlab
Yetuk bir inson bo’lay
Yurtimdir O’zbekiston
Gullasin bu hur makon
Olloh bo’lsin madadkor
Bo’laylik biz tadbirkor.
Tanishtiruv uchun she'rlar.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
40 viewsedited  20:13
Aç / Yorum Yap