Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!

Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling! B
Telgraf kanalının logosu bolalar_sherlari — Bolalar She'rlari | Uyda Qoling!
Kanal adresi: @bolalar_sherlari
Kategoriler: çocuk bakımı
Dilim: Türk
aboneler: 2.65K
Kanaldan açıklama

Bolalar dunyosiga sayohat qiling...
🌀 She'rlar olami
🌀 Ertaklar dunyosi
🌀 Maqol va topishmoqlar
🌷Shuni bosing va hoziroq oching
@bolalar_sherlari
Kanal 7.12.2018
Fotolavha va reklama joylash: @Bsherobot
👨‍💻

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


En son Mesajlar 44

2021-10-25 17:54:22 Hashorotlar haqida topishmoqlar

Kichkina mitti,
Shoxini tirab suv ichdi.
(Ari)

Zuv-zuv borar,
Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir,
G‘alvir to‘qir.
(Ari)

Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.
(Ipak qurti)

Bir qushim bor, suyagi yo‘q.(Kapalak)

Qanoti bor,
Qoni yo‘q.
Tuxum qo‘yar,
Soni yo‘q.
(Kapalak)

O‘zi yo‘qdek,
Tovushi o‘qdek
(Qora chigirtka)

O‘tirishi tulkiday,
O‘t yeyishi yilqiday.
(Chigirtka)

O‘zi qora, qanotli,
Shoxlari bor, tirnoqli.
(Qo‘ng‘iz)

Qora o‘zi, qarg‘a emas,
Shoxlari bor, ho‘kiz emas,
Olti oyoq, tuyoqsiz,
Uchadi, chig‘illaydi,
O‘tirib yer kovlaydi.
(Qo‘ng‘iz)

Bir otim bor ajabgina,
Dumlari bor gajakkina,
Hali kelsa ko‘rarsiz,
Qo‘rqa-qo‘rqa o‘larsiz.
(Chayon)

O‘zlari ajabgina,
Quyroqlari gajakkina,
Hali o‘psa ko‘rasan,
Yig‘lay-yig‘lay o‘lasan.
(Chayon)

Beli-beli belang ot,
Beli nozik kurang ot.
Toqqa minsa toymas ot,
O‘lat teksa o‘lmas ot.
(Chumoli)

Yo‘l ustida go‘ja qaynar
(Chumoli)

Mingta qo‘yim sig‘adi,
Bir bog‘ bedam sig‘maydi.
(Chumoli uyasi)

U yoqqa boradi,
Bu yoqqa boradi,
Bo‘z to‘qiydi.
(O‘rgimchak)

To‘r bilan o‘rab olgan,
Pashshaga zanjir solgan.
(O‘rgimchak)

Kichkina-mitti,
Qo‘limga olsam,
Qovurg‘asi sinib ketdi.
(Chivin)

Is biladi, it emas,
O‘zi kichik, bit emas,
Odamni ko‘p talaydi,
Qon ichib, u to‘ymas
(Kana)

Soy ichida saksonboy.
(Burga)

To‘qay ichida to‘ng‘iz.
(Bit)

Chel tagida qurbaqa.
(Bit)

#topishmoq

Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
358 views14:54
Aç / Yorum Yap
2021-10-25 17:54:22 KAPALAK QO'SHIG'I

Qo'y ham bordi yaylovga,
Men ham bordim yaylovga.
Qo'yning ko'zi pechakda,
Mening ko'zim chechakda.
Qanotlarim pirpirak.

Toy ham bordi dalaga,
Men ham bordim dalaga .
Toyning ko'zi dalada.
Mening ko'zim lolada.
Qanotlarim pirpirak.


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
282 views14:54
Aç / Yorum Yap
2021-10-25 17:54:22 #audio_ertak

Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
275 views14:54
Aç / Yorum Yap
2021-10-25 17:54:22 Ipak qurti

Men bir ajoyib qurtman,
Juda g'aroyib qurtman,
O'rayman pilla-g'umbak,
Boshidan oyoq - ipak.

#sher

@bolalar_sherlari
276 views14:54
Aç / Yorum Yap
2021-10-25 17:54:22 Kapalak

Meni derlar Kapalak,
Go'zallik deb men halak.
Guldan-gulga ko'chaman,
Sevganim gulzor, chaman.

#sher

@bolalar_sherlari
278 views14:54
Aç / Yorum Yap
2021-10-25 17:54:22 Ninachi

Ninachi mening otim,
Doim yoyiq qanotim.
Sho'x-sho'x parvoz etaman
Manzilimga yetaman.

#sher

@bolalar_sherlari
284 views14:54
Aç / Yorum Yap
2021-10-25 17:54:22 Tilla qo'ng'iz

Mendirman Tilla qo'ng'iz
Uchib yuraman g'iz-g'iz
Meni ushlab qiynamang,
Iplab bog'lab o'ynamang

#sher

@bolalar_sherlari
292 views14:54
Aç / Yorum Yap
2021-10-25 17:54:22 Kapalak



Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To’xta, so’zlayin andak.
Uchrataman har kuni
Seni har kun bog’chamda,
So’rib gullar sharbatin
O’ltirasan olchamda.
Borib ushlay deganda
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan
Guldan gulga ko’chasan.
Mendan aslo qochmagin,
Do’st bilaman o’zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko’zimga.
Ucn, uchaver, uchaver,
Go’zal bog’cham — gulshanda.
Sira ozor bermayman
Sevgim, fikrim bor senda.
Kapalakjon, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Do’st bo’laylik ikkimiz,
To’xta, so’zlayin andak
#sher
@bolalar_sherlari
305 views14:54
Aç / Yorum Yap
2021-10-25 17:54:21 Kapalak

Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To’xta, so’zlayin andak.

Uchrataman har kuni
Seni har kun bog’chamda,
So’rib gullar sharbatin
O’ltirasan olchamda.

Borib ushlay deganda
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan
Guldan gulga ko’chasan.

Mendan aslo qochmagin,
Do’st bilaman o’zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko’zimga.

Ucn, uchaver, uchaver,
Go’zal bog’cham — gulshanda.
Sira ozor bermayman
Sevgim, fikrim bor senda.

Kapalakjon, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Do’st bo’laylik ikkimiz,
To’xta, so’zlayin andak
#sher
@bolalar_sherlari
431 views14:54
Aç / Yorum Yap
2021-10-24 05:17:25 PAXTA

Chanoqlarda
Oppoq paxta
Kulib turar,
Qanday baxt-a!
Erkalanib
Tebranadi,
Yal-yal yonib
Tovlanadi.
- Rahmat senga,
Aziz dehqon.
Uyding bizdan
Ulkan xirmon.
Mehnatingdan
Oltin bo'ldik,
Chanoqlarga
Lim-lim to'ldik.
@bolalar_sherlari kanali
1.0K views02:17
Aç / Yorum Yap